search
menu
person

NEWS AND UDATES


00:09
Alisher Usmonov qariyb 5 mln dollarga sotib olgan Nobel medalini amerikalik olimga qaytarmoqchi

Alisher Usmonovning vakili ma’lum qilishicha, rossiyalik milliarder Nyu-Yorkdagi Christie’s kimoshdi savdosi uyida o‘tkazilgan savdoda amerikalik olim Jeyms Uotsonning 1962-yilda tibbiyot sohasida qo‘lga kiritgan Nobel mukofotini sotib oldi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

4,757 million dollarga sotib olingan 23 karatli oltindan yasalgan, diametri 6,6 santimetr bo‘lgan medalni Usmonov Uotsonga qaytarmoqchi. U olimning saraton kasalliklari bilan bog‘liq tadqiqotlaridan hayratga tushgan, chunki uning otasi shu xastalikdan vafot etgan.

Kimoshdi savdosi uyining saytida yozilishicha, bu Nobel medali merosxo‘rlar emas, balki mukofot sohibining o‘zi tomonidan sotilgan ilk holatdir. 86 yoshli Uotson medal sotilishidan tushgan pulni bir nechta ta’lim muassasalariga xayriya qilish niyatida ekanligi qayd etilgan.

Категория: JAXON YAGILIKLARI | Просмотров: 302 | Добавил: Brayn | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Прокомментировать
Введите два слова, показанных на изображении:*