search
menu
person

NEWS AND UDATES


01:28
DALER AMETIST: «JIZZAKIMAN, SEVGAN QIZIM AKSIM BO’LISHI KERAK!»

 

Ilk ishtirokchimiz – «Sahro» guruhi solisti Daler Ametist. U bilan xonanda Dineyra suhbatlashdi. Dineyra kirib kelishidan boshlab intervyuga tayyorgarlik ko’rishi jarayonini ko’rib, uni xuddi imtihonga kelgan a’lochi o’quvchiga o’xshatdik. Ammo uning jurnalistlik borasida oz bo’lsa-da tajribasi bo’lgani uchun intervyu jarayonida o’zini xuddi haqiqiy muxbirdek tutdi. Savollari ham soha vakillarinikidan qolishmaydi.

— Eshitishimcha, guruhingizni ikkinchi solist tark etganmish...

— «Sahro» guruhini to’liq tarqaldi deb ayta olmayman. Biz sherigim Daler Xonzoda bilan anchadan buyon yakka tartibda ijod qilishni rejalashtirayotgan edik. Mana shu rejani amalga oshirdik, xolos. Kelajakda yana birgalikda ijod qilamiz deb umid qilaman.

— Ayting-chi, nima uchun aynan «Sahro» guruhi?

— Sababi tug’ilib voyaga etgan joyimiz Uchquduq sahro tomonlarda. Bundan tashqari, menga sahroi kabir kengliklari judayam yoqadi.

— Deyarli qo’shni ekanmiz, men Zarafshonda tug’ilganman. Guruhning barpo bo’lishi qanday amalga oshgan?

— Daler Xonzoda bilan birga 2001 yildan buyon ijod qilamiz. U paytlar biz guruh emas, alohida ikki xonanda edik. O’zimizcha qo’shiqlar yozib, ularga klip suratga olardik. Nimadir bo’lib, videolarimiz prodyusserlardan birining qo’liga tushib qolgan. Keyin bizga birgalikda kuylashni maslahat berishdi.

 
 

— Bilishimcha, qo’shiqlar matnini o’zingiz yozasiz. Nimalardan ilhomlanasiz?

— Ilhom vaqt va makon tanlamaydi... Shu sabab doim yonimda bloknot olib yuraman. Chunki birdan ilhom parisi bilan uchrashib qolsam, o’ylarimni qog’ozga tushirishga ulgurish kerak. Turli insonlardan, qushlar sayrashidan, tabiatdan ham ilhom olish mumkin.

— Sizning nazaringizda ijtimoiy tarmoqlardagi faollik ijodkor insonga qanday ta’sir ko’rsatadi?

— Ijtimoiy tarmoqlarning yaxshi tomoni, unda muxlislar bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilish imkoniyati bor. Ammo o’rgimchak to’riga o’rganib qolish ham yaxshi emas. Shuning uchun men ijod qilayotgan paytimda internetni o’chirib qo’yaman.

— Qo’shiqlaringizning yo’nalishi nima deb nomlanadi?

— Yo’nalish rep uslubida, bu so’zlar yig’indisi. Ammo men ularni o’zimcha gapirib qo’yavermayman, so’zlar chuqur ma’noga ega. Sevgan musiqiy yo’nalishlarimdan arembi, rok va pop musiqa bilan aralash rep.

— Guruhingiz klassik ansambllardan qaysi jihati bilan farqlanadi?

— O’zbek guruhlari ichida ilk bor rep uslubini qo’shiqlariga qo’shib kuylagan rusiyzabon guruh biz bo’lamiz. Besh xil tilda qo’shiq ijro qilganmiz: o’zbek, rus, fors, ingliz va frantsuz.

— Bugungi kunda shou-biznesning asosiy muammosi?

— Puli bor-u, iste’dodi yo’qlarning ekranda paydo bo’lishi. Men ota-onasining puli evaziga ko’tarilayotganlarni tushunmayman. Nazarimda, ular qo’shiq kuylashni emas, taniqli bo’lishni istaydi. Muxlis esa quloqqa har tomondan chalinayotgan qo’shiqlarni majburan eshita boshlaydi.

— Xo’sh, ijodkor orzularini amalga oshirish uchun nima qilish kerak?

— Imkoniyat va iroda! Iste’dodli bolalarni albatta ijodiy to’garaklarga berish lozim. Hamma inson ham kuchli iroda sohibi emas. Ba’zida maqsadi sari intilib, bir-ikki bor yiqilgan odam o’rnidan turib, yo’lida davom etishga o’zida kuch topa olmaydi. Buning uchun balki ularga chetdan qandaydir turtki kerak bo’lar. Aslida qobiliyatlilar ko’p, ammo ba’zan orzularni amalga oshirish uchun imkon bo’lmaydi. O’zim xuddi shunday muammolarga to’qnash kelganman. Ota-onam xonanda bo’lishimga qarshilik qilishgan. Ammo qaysarligim sabab ham aytganimni qildim.

— Tanqidni qanday qabul qilasiz?

— Sharqning qoni jo’shqin erkaklarimiz, demak, tanqiddan jahlimiz chiqishi tayin. Ammo yolg’iz qolganimda aytilgan fikr haqida o’ylab, aql tarozisiga qo’yib, o’zimga kerakli xulosa chiqarishim mumkin. Yaqinlarim tanqidiga quloq solaman. Eng birinchi tanqidchim — onam.

— O’zingiz qaysi yo’nalishdagi musiqalarni tinglashni yaxshi ko’rasiz?

— Har doim har xil. Uxlashdan avval garchi og’irroq bo’lsa-da qalb yaralarini tirnaydigan taronalarni tinglayman. O’zim rep yo’nalishida ijod qilsam-da, klassik qo’shiqlarning muxlisiman.

— Guruhingiz bilan xizmat safarlariga tez-tez borib turasiz. Sizda katta taassurot qoldirgan shahar?

— Sayyohat qilishni juda yaxshi ko’raman. Yurtimizning barcha viloyatlarida ijodiy safarda bo’lganmiz deb bemalol aytishim mumkin. Muxlislar soni bo’yicha Nukusni birinchi o’ringa qo’yishim mumkin. O’tgan yilgi kontsertimizga etti ming tomoshabin yig’ilibdi. Hayron qolganim, tinglovchilar barcha qo’shiqlarimizni biz bilan birga yoddan aytishdi. Hattoki, radio to’lqinlarida efirga uzatilmaganlarini ham.

— Muxlislaringiz auditoriyasi yoshi o’rta hisobda nechchida?

— Muxlislarimizni judayam yosh deb ayta olmayman. Ba’zida katta yoshlilardan ham ijodimiz haqida iliq gaplar eshitamiz. To’g’risi, bu yoqimli. Bizning guruhimiz turli yoshdagi tinglovchilar uchun kuylashga harakat qiladi, shunga yarasha muxlislarimiz ham har xil.

— Bugungi kunda ijodkorlar orasida duet kuylash urfga kirmoqda. Siz kim bilan duet kuylashni istardingiz?

— Muxlislar guvohligida, mana, sizga birga duet kuylashni taklif qilaman. Taklifimni rad etmaysiz, degan umiddaman.

— Jon deb qabul qilaman.

— Aslida faqat duetlardan iborat albom chiqarish niyatim ham bor. Amalga oshadi degan umiddaman.

— Yoqimtoy va iste’dodli yulduzlardan birisiz. Muxlislaringiz ham shunga yarasha ko’p bo’lsa kerak. Ular orasida aynan yuragingizni zabt etishi mumkin bo’lganini tasvirlab bering.

— (Kuladi) Avvalo, u nazokatli bo’lishi kerak. Qo’pol, bor ovozi bilan baqirib gapiradigan qizlarni yoqtirmayman. Ayol kishining nozikroq bo’lgani yaxshi. Yana pazandalik, epchillik ham muhim. Sochlari jingalak bo’lishi shart (kulib)! Jingalak sochlilarni yoqtiraman.

— Fe’l-atvori-chi?

— Jizzaki bo’lmasin. Negaki o’zimning fe’lim shunaqa. Jahlim chiqqan paytda u meni tinchlantira olishi kerak. Bahslashmasin, o’rniga jim tursa, yoki yoqimli gap bilan ko’nglimga yo’l topsa, yaxshiroq bo’lardi.

— Intervyu uchun katta rahmat!

— BIRINChI so’zingiz?

— Oyi

— BIRINChI tajribangiz?

— Velosipeddan uchib yiqilganim.

— BIRINChI xatongiz?

— Maktabda «ikki» baho olganim.

— BIRINChI qiziqishingiz?

— To’g’risi, esimda yo’q.

— BIRINChI tish!

— Sut tishi.

— BIRINChI muhabbatingiz?

— To’qqiz yoshimda...

— Ismi-chi?

— Esimda yo’q... (kuladi) Aniqrog’i, sir.

— BIRINChI qo’shiq?

— «Samarqand og’alari»

— BIRINChI iнtervyu?

— O’н olti yoshimda. Samarqaнd viloyati televideнiesi uchuн bergaнdik.

— Ertalab soat нechchida ko’ziнgizнi ochasiz?

— Soat 7 yoki 7:30 da. Ertalab sport mashg’ulotlariga qatнashamaн.

— Ko’proq qaysi taomнi istemol qilasiz?

— Kartoshkali pyure joнu dilim.

— Sevgaн qiziнgiz bormi?

— Yuq!

— Rostmi so’ziнgiz?

— (Kuladi) Yoqadigaнlari ko’p.

 

Категория: Шоу бизнес | Просмотров: 942 | Добавил: Brayn | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Прокомментировать
Введите два слова, показанных на изображении:*