search
menu
person

NEWS AND UDATES


19:08
Dunyoda ezgulik borligini isbotlovchi 21 ta surat

Hozirgi urushlar va siyosiy to‘ntarishlar davrida insoniylik qiyofasini yo‘qotmaslik va qiyin damlarda boshqalarga yordam qo‘lini cho‘za olish juda muhim. Odam qaysi millatga mansub bo‘lishidan qat’i nazar uning hatto eng kichkina ezgu ishi ham butun olam boyligidan ko‘ra ko‘proq quvonch va mehr-muhabbat olib keladi.

Italiya

 

Dunyoda ezgulik borligini isbotlovchi 20 ta surat

Maktab o‘qituvchisi Antonio la Kava uch g‘ildirakli yuk mashinachasini sotib olib, uni ko‘chma bolalar kutubxonasi qilib jihozladi. U o‘z mashinasida mamlakat bo‘ylab sayohat qilar ekan, italyan bolalarining qalbida kitob mutoalasiga muhabat uyg‘otishga harakat qilmoqda. Kitoblarning hammasini Antonio o‘z puliga sotib olgan.

 

Norvegiya

 

Dunyoda ezgulik borligini isbotlovchi 20 ta surat

Norvegiyalik oddiy yigitlar suvga tushib ketgan qo‘zichoqni qutqarish uchun o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yishdi.

 

 

Dunyoda ezgulik borligini isbotlovchi 20 ta surat

Biroq jonivorni qutqarib qolishdi!

 

Misr

 

Dunyoda ezgulik borligini isbotlovchi 20 ta surat

Misrdagi tartibsizliklar paytida musulmonlar namozlarini o‘qib olishi uchun xristianlar ularni o‘rab turishdi. 

 

 

Dunyoda ezgulik borligini isbotlovchi 20 ta surat

Misrdagi Rojdestvo ibodati paytida musulmonlar xristianlarni himoya qilmoqda.

 

Tailand

 

Dunyoda ezgulik borligini isbotlovchi 20 ta surat

Fugasni bosib olib, oyog‘ining bir qismini yo‘qotgan filga yangi protez kiydirishmoqda. 

 

Belarus

Dunyoda ezgulik borligini isbotlovchi 20 ta surat

 

Dunyoda ezgulik borligini isbotlovchi 20 ta surat

Pensioner Vyacheslav Ivanovich o‘z tashabbusi bilan "akvapark" barpo etdi. Istalgan kishi bu yerda bepul cho‘milishi mumkin. Akvaparkda hamma narsa bor: kichikroq basseynga tushish uchun "gorka", voleybol va mini-futbol uchun maydonchalar, arg‘imchoqlarning har xil turlari, shashka o‘ynaydigan zona, suvga sakrash uchun tramplinlar, daryoga tushish uchun yog‘och zinapoya. Bularning hammasini oddiy pensionerning ishi. 

 

Afg‘oniston

 

Dunyoda ezgulik borligini isbotlovchi 20 ta surat

Afg‘on fuqarosi amerikalik askarlarga choy taklif etmoqda. Uning qo‘lidagi ikkinchi krujkaga va sal uzoqroqdagi ikkinchi askarga e’tibor qiling.

 

Bangladesh

Dunyoda ezgulik borligini isbotlovchi 20 ta surat

Bangladeshda jasur bola suv toshqini paytida kiyikchani qutqarish uchun o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ydi.

Tayvan

 

Dunyoda ezgulik borligini isbotlovchi 20 ta surat

Tayvandagi marafonda Jaklin Kiplimo nogiron yuguruvchiga finishga yetib kelishiga yordam bermoqda. 

 

Kanada

 

Dunyoda ezgulik borligini isbotlovchi 20 ta surat

Kanada metrosida turniket buzilib qoldi, xodimlar ham yo‘q. Yo‘lovchilar esa  kirish joyida mana bularni qoldirgan.

 

Ukraina

 

Dunyoda ezgulik borligini isbotlovchi 20 ta surat

Isroillik futbolchilar ukrain bolalarini yomg‘irdan pana qilmoqda. 

 

Xitoy

 

Dunyoda ezgulik borligini isbotlovchi 20 ta surat

Guo Shijin qashshoq oilada ulg‘aygan, har doim universitetda o‘qishni orzu qilgan. Bolaligi juda og‘ir kechgan: bir umr o‘zining kasal onasi haqida g‘amxo‘rlik qilgan va shu bilan birga orzusiga yetishish uchun maktabda a’lo baholarga o‘qigan. Otasi ish paytida balandlikdan yiqilib, nogiron bo‘lib qolganida Guo yana tanlov oldida qoladi: otasi haqida g‘amxo‘rlik qilish yoki o‘z orzusini tanlash. Bola o‘qishdan voz kechish o‘rniga otasining o‘zi bilan yotoqxonada yashashiga ruxsat oladi. Hozir Guo otasi haqida g‘amxo‘rlik qilmoqda va shu bilan birga muvaffaqiyatli o‘qishi uchun stipendiya ham oladi. 

 

Bosniya va Gersegovina

 

Dunyoda ezgulik borligini isbotlovchi 20 ta surat

Qizcha politsiyachilarga suv uzatyapti.

 

Finlyandiya

 

Dunyoda ezgulik borligini isbotlovchi 20 ta surat

Xelsinkidagi uy pod’ezdi. E’londa quyidagilar yozilgan: «20 yevro. 11 sentyabr kuni pod’ezdda soat 18.30 da 1 va 2 qavat oralig‘ida topildi».

 

Hindiston

 

Dunyoda ezgulik borligini isbotlovchi 20 ta surat

Poyezd yo‘lovchilari fil bolasi chuqurchaga tushib ketganini ko‘rib, mashinistni poyezdni to‘xtatishga va filchaga yordam berishga ko‘ndirishdi. 

 

Avstraliya

 

Dunyoda ezgulik borligini isbotlovchi 20 ta surat

O‘rmon yong‘inlari paytida o‘t o‘chiruvchi koalaga suv beryapti.

 

Ruminiya

 

Dunyoda ezgulik borligini isbotlovchi 20 ta surat

Rumin bolasi Buxarestdagi norozilik namoyishlari paytida politsiya xodimiga havo sharini bermoqda.

 

AQSh

 

Dunyoda ezgulik borligini isbotlovchi 20 ta surat

8 yoshli Dileyni Braun uchun Rojdestvo qo‘shiqlarini kuylash maqsadida uning uyi oldidagi ko‘chaga 10 ming kishi to‘plandi. Jon berayotgan qizchaga o‘tgan yili miyeloleykoz tashhisi qo‘yilgan. 

 

Braziliya

 

Dunyoda ezgulik borligini isbotlovchi 20 ta surat

Rio-de-Janeyroda erkak o‘z poyabzalini uysiz qizchaga beryapti. 

 

Serbiya

 

Dunyoda ezgulik borligini isbotlovchi 20 ta surat

Serbiyaning Pirot shahridagi gimnaziya o‘quvchilari bitiruv kechasi uchun qimmatbaho liboslardan voz kechib, tejalgan pullarni ehtiyojmandlarga berishga qaror qildi. Aksiya davomida bitiruvchilar va o‘qituvchilar 310 000 dinor to‘plashga muvaffaq bo‘ldi, mablag‘lar farzandlari og‘ir kasallikka duchor bo‘lgan uchta oilaga berildi.  

 

Rossiya

 

Dunyoda ezgulik borligini isbotlovchi 20 ta surat

Bir kuni Minusinskli 12 yoshli Vadim uyining oldidan kichkina chumchuqchani topib oladi. Mehribon bola polaponni parvarish qiladi. Endi Ebbi laqabli chumchuq o‘z qutqaruvchisidan bir qadam ham nariga jilmayapti.

 

Rossiya , bolakayni vertolyot sotib olish uchun "layk" yig'ish iltimosi odnoklasniki.ru saytida 4 kunda 114 462 dona "klass" yig'di. Suratda bolakay ushlab turgan qo'gozda "Onam menga aytdiki agar shu rasm 100000 layk yig'a olsa menga pult orqali boshqaradigan vertalyot olib beralmish, u mening bu vertalyotni qanchalik xoxlayotganimni bilmaydida"

 

Просмотров: 864 | Добавил: Brayn | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Прокомментировать
Введите два слова, показанных на изображении:*