search
menu
person

NEWS AND UDATES


11:35
Internetda pul ishlash haqida ?

Xozirda ko'pchiligimiz internetdan deyarli har kuni foydalanamiz, va internetda pul ishlash haqidagi reklamalarga ko'zimiz tushib qoladi, yoki internetda kuniga buncha pul topyapman, bizga qo'shiling degan odamlarning postlarini o'qib qolamiz. Xo'sha internetda haqqattanam pul mavjudmi, va pul ishlab topsa bo'ladimi degan savollarga shu maqolamiz orqali javob topishingiz mumkin !
 
1. Internetda haqiqiy pullar mavjud, va bularni turi xil usul va yo'llar bilan ishlab topsa bo'ladi. Lekin bu siz o'ylaganchalik kompyuterning yonida o'tirib olib, klaviaturadan bir ikta tugmachani bosib million dollar topish emas. Interda pul ishlash uchun ham mehnat qilish kerak, hatto oddiy hoyotdagidan ko'proq.
 
Internetda pul qanday bo'ladi ?
 
Internetda qiymatga ega pullarning faqat internet banklari va pullik sistemalar bera oladi:
 
Websum.uz
Webmoney.ru
PerfectMoney
Paypal
 
yuqorida sanab o'tigan eng ommabop pullik sistemalardir, bularni ko'plab misol keltirish mumkin, masalan mail.ru va yandex.ru ham pullik hisob ochishingiz mumkin. Siz bu saytlarga kirib o'zingizni nomigizga bepul hisob ochishingiz mumkin, va shu hisobga mablag' kiritib o'zingizni extiyojlaringizga sarflasangiz bo'ladi. Masalan: telfoningizga pul tashlashingiz yoki bo'lmasa biron kerakli buyumni internet orqali xarid qilishingiz mumkin. Bizda uzbda asoson websum.uz faoliyat yurida, va bizga eng yaqini Rossiyaning webmoney.ru sayti. Xullas yuqoridagi saytlarda hisobingizda qancha pul bo'lsa hayotdayam shunga pulim bor deb bemalol aytishingiz mumkin. Chunki siz telfoningizga pul tashlashga extiyoj bo'lmasa yoki internetdan hech qanday buyun sizga kerak bo'lmagan taqdir ham bu pullarni boshqa odamlarga sotib naqd pul qilib olishingiz mumkin. Ayniqsa webmoney.ru va boshqa chet el saytlarning hisobidagi pulga uzbda talab katta, chunki bevosita chet eldagi hisobingizni bank yoki boshqa yo'lq bilan to'ldira olmaysiz. Websum.uz da esa bank bir borib kelsangiz hisobingizni to'ldirib olishingiz mumkin.
 
Demak biz internetda haqiqiy pullar mavjudligi va ularni qanday ishlatish mumkinligi haqida bilib oldik, endi asosiy, qanday qilib internet orqali pul ishlab topsa bo'ladi degan savolga javob topamiz ?
 
Reklama servislari: - har xil turdagi reklamalarni ko'rganingiz uchun sizga pul berishadi, albatta million dollar emas, siz atigi sent yoki kopeykalarga ishlaysiz. Masalan bir saytni bir daqiqa ochib ko'rganiz uchun sizga 1 yoki 2 sent yoki undan ham kam haq to'lashadi. To'g'ri internetda trafik vip bo'lsa biroz pul ishlab topish mumkin, lekin barbir bu juda mayda chuyda ish. 24 soat saytlarni ochib, reklamalarni ko'rib atigi ko'pi bilan, 10-20 $ ishlab topasiz, kompyuterda o'tirgan vaqtingizga va trafigingizga arzimay ketadi. Tajribayiz oshib borishi bilan ko'proq topishingiz mumkin, ebdi bu sizning salohiyatingiz va sabringizga bog'liq bo'ladi. Bunday saytlar ichida xar xil topshiriqlar beradigan bo'limlar ham bo'ladi, shularni bajarib ham pul ishlash mumkin, masalan:
 
bir sayt admini topshiriq tuzadi, topshiqda siz uning saytini googledan bergan kalit so'zlari orqali izlab topasiz, saytidagi reklama bannerini bosasiz va chiqqan natijani unga qaytib jo'natasiz. Sizga u bu ish uchun 10-30 sent berishi mumkin (narxlarni ziyodroq yozyapman, avval ishlab ko'rganman xozir aniq esimda yo'q va narxlarni bilmayman) . Adminni o'zi esa shu reklama banneridan ancha foyda oladi. Xullas shunaqa va shunga o'xshagan mayda chuyda ishlani qilib internetda pul ishlab topsangiz bo'ladi.
 
Bukmekerlik saytlari: - nomidan ham ma'lum, har xil turdagi qimoq o'yinlarini taklif qiladi. Siz biron bir sportchi yoki sport komandasiga, futbol klublariga, pul tikib foyda qilishingiz mumkin. Masalan siz futbolga qiziqsangiz va kim yutishini oldindan taxmin qila olsagiz bu siz uchun, atigi futbol sport turiga deyarli butun dunyoda bo'layotgan uchrashuvlarga pul tikishingiz mumkin, hatto o'yin vaqti besh daqiqa qolganda ham pul tiksangiz bo'ladi, albatta foyda ham shunga yarasha tavakkaligingiz qanchalik xavfliliga qarab tushib yoki ko'tarilib boradi. Masalan Barcelona komandasi bilan biron bir nufuzi past komanda o'ynasa Barcelonaga tikib, 1 $ pulingizni , 1.20 $ qilib olishingiz mumkin, yoki nufuzi past komanda yutib qolsa va siz unga pul tikkan bo'lsagiz puling 10 $ bo'lib qaytishi ham mumkin. Yana pul tikish boshqa sport turiga yoki boshqa usulari ham bor.
 
Forex / valyuta birjalari: - Foreks - bu butun dunyo valyuta bozori. Siz iqtisodiyotni yaxshi tushunsangiz bu siz uchun, Qaysi davlarning pul birligi qachon ko'tarilib qachon tushishini oldindan taxmin qilish kerak bo'ladi. O'zimizni oddiy dollar olib qo'yishimizga o'xshaydi. Masalan uyingizda sumdan tashqari albatta amerika dollari bo'lsa kerak. Dollarning narxi bozorda doyim o'zgarib turadi, asosan bizda faqat ko'tarilib ketmoqda. Tushungan odamlar qish mavsumida dollarni sotib olishadi va yozda sotishadi, chunki qishda rossiyadan dollar ishlab kelganlar pullarini sarflashni boshlashadi, yoki mashinaga fond ochilib faqat dollarga olinadi, xullas har yili har xil. Forex ham xuddi shunaqa dollarning qaysidir davlat pul birligiga tushib yoki pasayishi orqali foyda qilish mumkin.
 
Kazino o'yinlari va boshqalar: - Ruletka va boshqa turdagi ko'plab o'yinlar. Siz pul kiritasiz va o'ynashni boshlaysiz yutsangiz pulingiz ikki baravar ko'payadi yutqizsangiz pulingizdan umidingizni uzing. Qarta, pokker, o'yinlarini yaxshi bilsangiz bu siz uchun, Kazino saytlariga kirib bevosita saytning o'zi, yani bot bilan o'ynashingzi yoki boshqa odamlar bilan kazino ishtirok etgan xolda o'ynasangiz bo'ladi. Bu yerda hech qanday g'irom yo'llarga yo'lq qo'yilmaydi. O'yinda ko'pincha boshqa ishtirokchilar zarar qilsa siz foyda qilasiz, yoki kazino zarar qilsa ham siz foyda ko'rasiz. Lekin kazino zarar qilishi qiyin masala. Maslaxatim har qanday o'yinda faqat siz va kazino bo'lishi yo'l qo'ymang (ayrim o'yinlarda faqat siz va kazino bo'ladi va boshqa ishtirokchi bo'lmaydi, bir kishilik o'yinlar bu gapdan mustasno) pokker, ruletka, kabi o'yinlarda boshqa ishtirokchilar bo'lgani nisbatan xafsiz va ishonchlidir. Yaxshi kazinolar umumiy o'yindagi mablag'dan 30 % o'ziga olib, 70 % ni yana o'yinchilarga qaytarib beradi ! Ishonchsiz kazinolar esa o'yinchilarni hamma pulini o'zlashtirib oladi. Masalan bir kazinoda kuniga 100 ming so'm miqdorda pul o'ynasa, kazino 70 ming so'mni o'yinchilar yuqut sifatida qaytarib beradi, qolgan 30 mingni esa foyda sifati olib qoladi. Endi sizni omadingiz yo shu 70 ming so'm yuqutni qo'lga kiritasiz yoki zarar qilasiz, umuman bu o'yin tajribasi va qayerda to'xtay bilish kerakligini bilish eng muhimi kazinoda.
  
HYIP - Kapital kiritadigan saytlar: - Pulingiz bo'lsa va siz ularning o'yinlarva boshqa ishlarga sarflashni istamasangiz bunday saytlar siz uchun, lekin bularga ishonch umuman yo'q desa ham bo'ladi. Ammo foyda qilish mumkin !!! Siz mablag'ingizni saytga kiritasiz , masalan: 1 $ kiritsangiz sizga besh kunlardan keyin 1.20 $ qilib qaytarib beradi, endi tasavvur qiling, 100 kiritsangiz besh kunda 120 $ bo'lyapti, yomon emas a ? Ammo bunaqa saytar albatta bir kun emas, bir kun yopiladi va pullaringizdan umidingizni uzing ! Bularni ishlash taktikasi shunaqa, masalan: HYIP sayt ochuvchi o'zi 1000 $ kapital qo'yadi, va minimal 5 $ ni kuniga % ko'paytirib beraman deb va'da qila boshlaydi. Ishonga foydalanuvchilar: 5 $ kapital kirgizadi, qarabtiki ertaga puli ko'payib qaytyapti. HYIP sayt admini 1000 kapitali tugaguncha foydalanuvchilarga pulini ko'paytirib beraveradi, bu vaqt orasida esa uning saytini foydalanuvchilari ko'payib, saytga ishonch ortib odamlar ko'proq pul kirgiza boshlashadi. Sayt admini esa undan pul olib, bunga beraveradi, va nihoyat hisobida o'zi xoxlagan sum yig'ilgandan so'ng, sayt yopilib ketadi. Ishonib katta pul kiritganlar zarar qiladi, yopilishidan oldin hamma pulini yechib olishga ulgurganla esa foyda qiladi. Shuning uchun tajribali HYIP da ishlaydiganlar: avval bir saytdan foyda qilib pulini chiqarib olishadi, keyin shu foydani yarmini qayta kiritishadi, shunday qilishadiki sayt yopilsa ham ular oz miqdorda foyda undirib olgan bo'ladi, va hech qachon bir saytga ishonib bor budini katta foyda ilinjida tikvormaydi. Albatta saytni qachon yopilishini hech kim bilmaydi, yopilguncha foyda qilib qaytib pul tikmaslik ham mumkin, yoki bir pul tikkanda sayt yopilib ketib zarar qilish ham mumkin, millionda aytganidek buyam bir JEKPOTda)))
 
Bular internetda pul topishni ko'pchilik biladigan oddiy usullaridir, agar siz biron usul qiziqib qolgan bo'lsangiz marhamat izohlar qoldiring, biz siz qiziqqan usullar bo'yicha ko'proq ma'lumot beramiz, internetda pul topishni o'rgatamiz !!!
 
Категория: Программы | Просмотров: 1029 | Добавил: Brayn | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Прокомментировать
Введите два слова, показанных на изображении:*