search
menu
person

NEWS AND UDATES


01:30
QADRINGIZGA YETMADIM...

Qanday baxtli edi u damlar,
Ko'ngilda yo'q edi g'uborlar,
Nogoh qo'ydik xato qadamlar,
Qadringizga yetmadim begim.
 
Ishonmasdan yeru - ko'klarga,
O'zni urib otash - o'tlarga,
Qiyo boqmay o'zga yotlarga,
Qadringizga yetmadim begim.
 
Ayamadiz shirin so'zlariz,
Ko'z uzmasdi jodu ko'zlariz,
Endi bilinyapti izlariz,
Qadringizga yetmadim begim.
 
Asrab keldiz qalbiz tubida,
Qo'l tekkizmay bir g'uncha misol,
Ox bu kundan o'lganim avzal,
Qadringizga yetmadim begim.
 
Erklardiz Kumushim deya,
Endi u shirin so'zlar xayol,
Kechiring bir umr siz menga armon,
Qadringizga yetmadim begim.
 
Sizga qancha azoblar berdim,
Taqdirimiz bog'liq derdim,
Ex qaydanam armonlarga qo'l berdim.
Kechiring qadrizga yetmadim begim.

 

Категория: prikol | Просмотров: 357 | Добавил: Brayn | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Прокомментировать
Введите два слова, показанных на изображении:*