search
menu
person

NEWS AND UDATES


12:39
UZ HUDUDIDAGI DOMENLAR SONI 20000TAGA YETD


UZ milliy domeni ta’sis etilganiga 20 yil to‘lishi arafasida UZ hududida ro‘yxatga olingan domenlar soni 20 mingga yetdi. Ular ichida kirillitsada yozilgan domenlar ham mavjud.



– Milliy domenimizning 20 yillik to‘yigacha domenlar soni 20 mingta bo‘lar, deb o‘ylab kelardik,- deydi UZ domeni ma’muriyati bo‘lim boshlig‘i Vladislav Deyxin. – Lekin, foydalanuvchilarning faollashuvi va registratorlarning yaxshi ishlashi sababli 20 000 ta domen pog‘onasidan mo‘ljaldagidan ikki oy oldin o‘tdik.

Uznetda kirillitsadagi domenlar ham ro‘yxatga olinmoqda. Ularning soni nisbatan kam, lekin muntazam ko‘payib bormoqda. Domen ma’muriyati maxsus servis – IDN-konverter o‘rnatgan bo‘lib, u kirillcha kodirovkadagi domenlarni ham “taniydi”.

Ahamiyatli jihati shundaki, Uznetda muddati uzaytirilgan domenlar ulushi o‘sib bormoqda. Masalan, 2014- yil davomida muddati uzaytirilmagan domenlar ulushi yangi domenlar sonining 2/3 qismiga teng kelgan bo‘lsa, 2015- yilda ular ulushi 1/2 ga teng bo‘ldi. Bu esa, ham tijorat maqsadlaridagi, ham shaxsiy saytlarning “umri” uzayib borayotganligini ko‘rsatadi.

Registratorlar orasida Arsenal-D yetakchilik qilmoqda (bir necha yilga to‘lov to‘lashning ajoyib kalkulyatori, Websum orqali to‘lash imkoniyati). Shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi Regname.uz registratori ham faol ishlamoqda (u Click orqali to‘lovni ham yo‘lga qo‘ygan).

Bugungi kunda for.uz domenida uchinchi darajadagi domenni bepul olish mumkin, shuningdek, zn.uzda bepul blog ochish imkoniyati yaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, milliy domenimiz yigirma yoshga to‘lishini 29 aprelda nishonlaydi. 1995- yil, aynan shu kun Janubiy Kaliforniya (AQSh) universiteti (o‘sha paytlarda IANA fuknsiyasini bajargan) yuqori darajadagi “UZ” milliy domenini ro‘yxatga olgan. Mana shu kundan Uznet o‘z tarixini boshlaydi va har kuni shu sanada “tug‘ilgan kuni”ni bayram qiladi.

Просмотров: 645 | Добавил: Brayn | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Прокомментировать
Введите два слова, показанных на изображении:*